Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda maxsus mobil laboratoriyalar tashkil etiladi
Milliy aloqa operatori Uzmobile uyali aloqa xizmatlari sifatini mobil laboratoriyalar yordamida tekshirish bo‘yicha keng miqyosdagi dasturni ishlab chiqishni boshladi.
Hozirda kompaniya Finlyandiyaning taniqli Anite Finland o‘lchov uskunalarini keltirmoqda. Uning yordamida barcha zamonaviy CDMA 450, 2G/3G/4G mobil standartlarda sifatni nazorat qilish imkoni paydo bo‘ladi. Shuningdek, u o‘z ichiga telekommunikatsiya bozoridagi eng zamonaviy mahsulotlardan biri NEMO Invex II ni oladi. Mazkur o‘lchov majmui O‘zbekistonning barcha hududlarida paydo bo‘luvchi zamonaviy mobil laboratoriyalar asosida yotadi. U orqali aloqa sifatini qiyosiy baholash mumkin.
Bundan tashqari, o‘lchov uskunalari bog‘i drayv-test tizimi bilan to‘ldiriladi. Ulardan esa aloqa xizmati sifatini ko‘chalardagi harakat vaqtida, temir yo‘llar va yo‘l chekkasida, tunnellarda, shuningdek, piyodalar hududi va bino ichida ham nazorat qilish uchun foydalaniladi. O‘tkazilayotgan tekshiruv va o‘lchovlar asosida mobil aloqalarning turli standartlarida tarmoqni doimiy optimallashtirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025