Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: O‘g‘ri do‘konga shift orqali kirdi va qaytib chiqib keta olmadi
AQShning Luiziana shtatidagi Yangi Orlean shahrida o‘g‘ri kiyim-kechak do‘koniga shiftdagi teshik orqali kirdi, biroq xuddi shu yo‘l orqali qaytib chiqib keta olmadi. Hodisa 17 aprel kuni yuz berdi. Videokuzatuv kameralari yordamida olingan rolik mahalliy politsiya bo‘linmasining YouTube’dagi NOPD News kanalida 23 aprel kuni taqdim etilgan. Uch kun ichida klipni 10 ming marotabadan ortiqroq tomosha qilishdi.
Kadrlarda o‘g‘rining shiftga muvaffaqiyatsiz ravishda chiqishga urinishi, so‘ng esa darg‘azab bo‘lgani sabab qo‘liga tushgan narsani sindirishga harakat qilganini ko‘rish mumkin.
Videoga qoldirilgan izohda aytilishicha, o‘g‘ri do‘konda o‘rnatilgan signal tizimini faollashtirib yuborgan. Oxir-oqibat u qo‘shimcha eshik orqali qochib ketdi.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi
09:40 / 06.03.2025