Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda Atlantika Kengashining VIII sammiti ish boshladi
Istanbulda AQSh Atlantika Kengashining VIII sammitiga start berildi. Bu haqida "Anadolu" agentligida xabar berildi.
Ikki kunlik forumning 45 mamlakatdan tashrif buyurgan ishtirokchilari xalqaro kun tartibidagi keng ko‘lamli dolzarb masalalarni muhokama qilishmoqda.
Forumning vazifasi - jahon energetikasi, energiya resurslarining taqsimlanishi, iqtisodiyot, milliy xavfsizlik, savdo-sotiq, shuningdek migratsion inqiroz masalalarini muhokama qilish.
Nufuzli dunyo yetakchilari jahonning turli mintaqalaridagi vaziyatlarni muhokama qilishmoqda - Suriyadan tortib Afrikagacha, Qora dengizdan to Sharqiy-O‘rta yer dengizidagi mintaqa muammolarigacha.
Joriy yilda sammit mavzusi "Notinch mintaqada Transatlantik konsensusni mustahkamlash" bo‘ldi. Sammit doirasida ochiq majlislar va maxsus sessiyalar ham o‘tkazilmoqda.
Sammitda BP, Dana Gas, Delek Drilling, Noble Energy, Cheniere, Naftogaz, EWT kabi mashhur energetika kompaniyalari vakillari ishtirok etishmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025