Sport | 19:04 / 27.04.2017
33759
2 daqiqa o‘qiladi

Messi o‘yindan so‘ng o‘zi borib libos almashishni so‘ragan yagona futbolchi kim ekanini aytdi

Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi va Ispaniyaning “Barselona” jamoasi 29 yoshli yetakchisi Lionel Messi mahalliy matbuotga bergan intervyusida faqatgina bir bora o‘zi raqib jamoa a'zosidan libosni almashtirish haqida so‘raganini ma'lum qildi. Bu o‘yinchi “Real” yetakchisi – Zayniddin Zidan bo‘lgan, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.

Bu holat Messining "Barsa"dagi faoliyati ilk yillarida yuz bergan. Leo "Real" bilan o‘yindan so‘ng o‘sha payt madridliklar safida to‘p surgan Zidanga yaqinlashgan va uning futbolkasini so‘ragan. Argentinalikning so‘zlariga ko‘ra, bu u shunday o‘ziga xos “tashabbus” bilan chiqqan birinchi va oxirgi vaziyat bo‘lgan.

Ta'kidlab o‘tish joizki, o‘shanda fransiyalik futbolchi hisobida “Oltin to‘p” (1998) bo‘lgan. Messi esa o‘sha payt hech qanday shaxsiy sovrinlarga ega bo‘lmagan, biroq bugungi kunga kelib u besh bora sayyoraning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (2009, 2010, 2011, 2012, 2015 yillarda).

Mavzuga oid