Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Inha universiteti matematika bo‘yicha olimpiada o‘tkazadi
Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) poytaxtdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining birinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Olimpiada (“Inha Tashkent Math Challenge”) o‘tkazmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tgan dastlabki 200 nafar o‘g‘il-qizlar 2017 yilning 21 may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida o‘tkaziladigan Olimpiadaga taklif qilinadilar.
Olimpiadadan ko‘zlangan asosiy maqsad - poytaxtdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining birinchi bosqich o‘quvchilari orasidan iqtidorli va faollarini aniqlab olish, shuningdek, matematika fanini o‘rganish qiziqarli va foydali ekanligini ko‘rsatishdir.
Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda Toshkent shahridagi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining birinchi bosqichida ta'lim olayotgan o‘quvchilar quyidagi ilova orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: https://goo.gl/forms/0ZlIILxLdyAdUI1u1. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng Olimpiada ishtirokchilari o‘quv yurtidan ma'lumotnoma olib kelishlari shart. Hujjatlar 2017 yilning 15 may kuniga qadar topshirilishi lozim.
Ikkinchi bosqichda Olimpiadaning barcha ishtirokchilari 90 daqiqa davomida 20 ta savolga javob berishlari kerak bo‘ladi.
G‘oliblar Toshkent shahridagi Inha universitetining sertifikatini hamda IUTning Tayyorlov kurslarida bepul ta'lim olish huquqiga ega bo‘lishadi.
Mavzuga oid
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
01:05 / 14.11.2024
Oliy matematika sun’iy intellektning zaif tomoni bo‘lib qolmoqda - tadqiqot
16:56 / 11.11.2024
Toshkentlik o‘qituvchi olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilari uchun 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
16:40 / 08.10.2024