Sport | 10:07 / 28.04.2017
5150
2 daqiqa o‘qiladi

Manchester derbisida g‘olib aniqlanmadi

Foto: BBC Sports

Angliya Premer ligasining 26-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi derbi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Manchesterdagi «Etixad — Siti of Manchester» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin nursiz durang 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning katta qismida «shaharliklar» hududiy ustunlikka ega bo‘lishdi, to‘pni nazorat qilishdi. Biroq, mehmonlar mudofaasini yorib o‘tishning uddasidan chiqa olishmadi. «Qizil iblislar» Maruan Fellayni maydondan chetlatilganidan so‘ng, 10 kishi bo‘lib qolishdi. Fellayni ikki daqiqa ichida sariq va qizil kartochka olishni qoyillatdi. O‘yin oxirlarida ikki yarim oy mobaynida ilk marotaba maydonga tushgan Gabriel Jyezus «MYu» darvozasini nishonga oldi, biroq hakamlar braziliyalikning o‘yindan tashqari holatda bo‘lganini qayd etishdi. 

Ayni vaqtda «Siti» 65 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «MYu» 64 ochko bilan uni ta'qib qilmoqda.

APL, 26-turning qoldirilgan o‘yini
Manchester Siti – Manchester Yunayted - 0:0 
27 aprel, «Etihad Stedium» 
Manchester Siti – Bravo (Kabalero, 79), Kompani, Kolarov, Sabaleta, Otamendi, Fernandino, Ture, Sterling (Gabriel Jyezus, 86), de Bryuyne, Sane (Navas, 80), Aguero.
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Bayi, Darmian, Blind, Errera, Kerrik, Fellayni, Mxitaryan (Fosu-Mensa, 86), Marsial (Lingard, 80), Reshford (Yang 90).
Ogohlantirishlar: Fellayni (83), Gabriel Jyezus (90).
Chetlatish: Fellayni (84).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid