Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy liga. «Paxtakor» g‘alaba qozonib, turnir jadvalida yuqoriladi, «Bunyodkor» yana yutqazdi
Bugun, 28 aprel kuni Oliy Liganing 8-turi doirasida ikkita uchrashuv o‘tkazildi. Muborakda «Mash'al» «Bunyodkor»ni qabul qildi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. 83-daqiqada mezbonlar g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Zafar To‘rayev va Murtazoyev kombinatsiyasidan so‘ng «Bunyodkor» darvozasini ishg‘ol qildi.
Ushbu g‘alaba evaziga «Mash'al» o‘z ochkolarini 14taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi, «Bunyodkor» 9 ochkosi bilan 8-o‘rinda qolmoqda. Bu Lushchan shogirdlarining ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
Turning yana bir uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tdi. «Paxtakor» «Navbahor»ni qabul qilgan uchrashuvda mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.
88-daqiqada Kozakning chap qanotdan jarima maydoniga oshirgan to‘pini mehmonlar himoyachisi Komilov o‘z darvozasiga kiritib yubordi - 1:0.
Endi «Paxtakor» ochkolari sonini 10taga yetkazib oldi va turnir jadvalida «Bunyodkor»ni quvib o‘tdi. «Navbahor» esa to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi (14 ochko).
Oliy liga, 8-tur
«Mash'al» - «Bunyodkor» — 1:0
Gol: To‘rayev, 83
«Mash'al»: Ilyosov, Shoyqulov (Kamlov, 90+1), Rahmonov, Abduraimov, Shaymonov, Shodmonov, Begimqulov, Agaliyev, Olimov, Murtazoyev (Qo‘ziboyev, 87), To‘rayev (Kenja To‘rayev, 84)
«Bunyodkor»: Zuhurov, Ashurmatov, Komilov, Ahmadaliyev, Shukurov, Sanoyev, To‘xtasinov (Nurmatov, 74), Azimov (Esonqulov, 84), Umirov, Hamdamov, Shomurodov
«Paxtakor» - «Navbahor» — 1:0
Gol: 1:0 - 88 avtogol Komilov
«Paxtakor»: Raimov, Kozak, Oraxovats, Bulyat, Avilov, Ismatullayev, Ahmedov, Iskanderov, Andreyev, Karimov (Nurullayev, 76), Hakimov (Sergeyev, 56).
«Navbahor»: Omonov, Komilov, Qilichev, Jabborov, Saidov (Shamsiddinov, 73), G‘ofurov, Aliyev, Mehmonov, Stanoyevich, Turg‘unboyev (Samatov, 58), Yovanovich.
Ogohlantirishlar: Qilichev (48), Bulyat (90).
Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
03:09 / 12.03.2025