Jahon | 23:57 / 29.04.2017
3500
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp OAVni uning yutuqlarini yoritmayotganlikda aybladi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh OAV uning prezidentligining ilk 100 kunida erishgan yutuqlarini yoritmayotganlikda aybladi. 

"Meynstrim (yolg‘onchi) OAV bizning ko‘plab yutuqlarimiz, jumladan 28 ta qonun, chegaralarning mustahkamlanishi va ulkan nekbinligimiz haqida gapirishdan bosh tortmoqdalar", deb yozdi Tramp tvitterda.

Avvalroq Tramp prezidentlik lavozimidagi ilk 100 kunini AQSh tarixidagi eng muvaffaqiyatlilaridan biri deb hisoblashini aytgandi. 

Tramp OAVni uning prezidentlik faoliyati ko‘pchilik tomondan ma'qullanmayotgan soxta so‘rovnomalar natijalarini chop etishda ayblagan.

Mavzuga oid

E`lonlar