Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela ADTdan chiqadi
Venesuelaning Amerika davlatlari tashkilotidagi (ADT) missiyasi rasman tashkilot tarkibidan chiqishini ma'lum qildi. Bu haqda missiyaning Twitter sahifasida e'lon qilingan bayonotida so‘z yuritilgan.
"ADTdagi diplomatik vakolatxona (tashkilot bosh kotibi L.Almagroga) chiqish jarayonini boshlash xususida prezident Nikolas Maduro imzosi qo‘yilgan maktubni topshirdi", — deyiladi xabarda.
26 aprel kuni ADT doimiy kengashi Venesueladagi vaziyat yuzasidan tashkilotga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining favqulodda yig‘ilishini chaqirgan edi. Shu munosabat bilan, Venesuela TIV rahbari mamlakat prezidenti Nikolas Maduro tashkilotdan chiqish jarayonini ishga tushirishini aytgan edi. Maduroning o‘zi esa, mamlakatning zudlik bilan ADTni tark etishini ta'kidlagan edi. Ammo, rasmiy jarayon 2 yilni talab qiladi.
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025