Fan-texnika | 12:24 / 29.04.2017
9029
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Maskdan yuqori tezlikda harakatlanish uchun yer osti tunnellar tizimi

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask o‘zining yana bir yangi loyihasi – yer ostidagi tunnellar tarmog‘i bo‘yicha jihatlarni ma'lum qildi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.

U TED Talk tadbiri doirasidagi chiqishi davomida loyihaning yakuniy varianti qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi tasvirlangan videoyozuvni ham ko‘rsatdi.

2016 yilning oxirida tashkil etilgan The Boring Company’dan loyiha Maskning eng so‘nggi g‘oyalaridan biri hisoblanadi. Ishlarga SpaceX muhandisi Stiv Devis rahbarlik qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya Los-Anjyeles ostida yer osti tunnellar tarmog‘ini yaratish istagida.

Taqdim etilgan videoyozuvda avtomobilning yo‘l chetida joylashgan maxsus platformaga kelishi hamda u orqali mashina yer ostiga tushishini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng platforma yer tagidagi tunnellar tizimi bo‘ylab harakat qiladi.

Bunday harakatlanish tezligi soatiga 200 kilometrga teng. Shu bilan birga, avtomobilning o‘zi harakatlanmaydi. Yo‘l yakunida avtomobil yanada tepaga ko‘tariladi, shundan so‘ng yo‘lda o‘zi mustaqil ravishda yurishni davom ettiradi.

Mavzuga oid