Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya va AQSh Shimoliy Koreya raketa uchirganidan so‘ng mashqlarni boshladi
AQSh va Janubiy Koreya KXDR ballistik raketani uchirganidan so‘ng Yapon dengizida qo‘shma dengiz mashqlarini boshladi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.
Mashqlarda Janubiy Koreya harbiylari va AQSh qurolli kuchlarining tarkibida «Karl Vinson» atom aviatashuvchisi bo‘lgan zarba guruhi ishtirok etmoqda.
Hozircha harbiylar mashqlar qancha muddat o‘tkazilishiga oid hech qanday bayonot berishmadi. Kutilishicha, ular keyingi haftada yakunlanadi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, bu so‘nggi ikki oy ichida Koreya Respublikasi suvlarida Amerikaning «Karl Vinson» aviatashuvchisi ishtirokidagi ikkinchi amaliyotdir.
Taxminlarga ko‘ra, aviatashuvchi bortida qariyb 100 ta harbiy samolyot bor.
Avvalroq Amerikaning “Karl Vinson” aviatashuvchisi shanba, 29 aprel kuni Tsusima bo‘g‘ozi orqali Yapon dengiziga kirgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025