Devid Kemeron 25 ming funtga dizaynerlik furgonini xarid qildi
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron kichik furgon xaridiga 25 ming funt sarfladi. Kemeron unda kitob yozish bilan shug‘ullanmoqchi. Bu haqida BBC ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, furgonga o‘xshash ajoyib vagonni u o‘z uyi hovlisiga joylashtirgan.
Vagon ichi haqiqiy uyga o‘xshaydi, unda nafaqat divan-karavot, balki pech ham bor.
Kemeronning so‘zlariga ko‘ra, bunday noyob "hujra" paydo bo‘lishi bilan oila a'zolari undan foydalanish borasida bahslashib qolishgan.
"Mening farzandlarim undan bolalar o‘ynaydigan xona sifatida foydalanishmoqchi. Men esa unda kitoblar yozishni rejalashtiryapman, o‘g‘illarim esa uning qo‘shimcha yotoqxona bo‘lishini istashmoqda", - dedi u.
Ta'kidlash joizki, bir vaqtlar Kemeron o‘zining Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimidagi faoliyati haqida so‘zlovchi tarjimai holini yozmoqchi ekanligi to‘g‘risida aytgan.
Mavzuga oid
07:50 / 25.09.2024
Ikki oyda 3,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi
07:35 / 10.09.2024
Ikki oyda 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi
08:53 / 13.05.2024
Devid Kemeron: Rossiyaning Xarkiv yaqinidagi harakatlari «o‘ta xavfli»
07:31 / 03.05.2024