Sport | 19:45 / 30.04.2017
8045
2 daqiqa o‘qiladi

"Formula-1"ning Sochidagi bosqichi g‘olibini Putinning shaxsan o‘zi taqdirladi

"Formula-1"ning "Mersedes" jamoasi vakili, finlyandiyalik poygachi Valtteri Bottas poyganing Sochida o‘tgan Rossiya Gran-prisida g‘olib bo‘ldi.

Marraga ikkinchi bo‘lib "Ferrari" a'zosi Sebastyan Fettel, uchinchi bo‘lib uning jamoadoshi, yana bir finlyandiyalik poygachi Kimi Raykkonen keldi. Bottas uchun bu g‘alaba faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.

Rossiyalik poygachi, "Toro Rosso" jamoasi a'zosi Daniil Kvyat 12-o‘rinni egalladi.

Foto: RIA

Gran-priga Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham tashrif buyurgandi. 2014 yildan beri davom etib kelayotgan an'anaga ko‘ra, g‘olibga bosh sovrinni aynan Putin topshirdi. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Kozak 2-o‘rin uchun, Rossiya avtomobil federatsiyasi rahbari Viktor Kiryanov esa 3-o‘rin uchun sovrinni o‘z egalariga topshirdi.

Poyganing keyingi bosqichi 12-14 may kunlari Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid