Tajribali alpinist Ueli Stek Everestga ko‘tarilish chog‘ida halok bo‘ldi
Sayyoramizdagi eng yuqori tog‘ cho‘qqilarini zabt etishi bilan tanilgan shveysariyalik 40 yoshli alpinist Ueli Stek yakshanba kuni Everest tog‘i cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan paytida halok bo‘ldi. Bu haqida Nepal Alpinizm federatsiyasi ma'lumotiga asoslanib, Agence France-Presse (AFP) xabar berdi.
"Bugun ertalab alpinist Nuptse cho‘qqisidan qulab, halok bo‘lgan. Uning oyog‘i toyib ketgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda", - dedi Nepal Alpinizm federatsiyasi rahbari Ang Tsering Shepra.
Everest - sayyoramizning eng yuqori cho‘qqisi. Uni zabt etish chog‘ida umumiy hisobda 280 kishi halok bo‘lgan. Yuqori nuqtalarda halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish borasida qiyinchiliklar bo‘lgani bois ba'zilarning jasadi o‘sha yerlarda qolib ketadi.
Mavzuga oid
14:59 / 09.11.2024
Shaharchani butunlay vayron qilgan halokat: Kanadada Fransiya harbiy kemasi qanday portlagandi?
15:25 / 17.10.2024
Britaniyalik alpinist dunyodagi barcha baland cho‘qqilarini zabt etgan eng yosh ayolga aylandi
23:19 / 11.10.2024
Everestda 100 yil oldin yo‘qolgan alpinistning qoldiqlari topildi
00:05 / 10.10.2024