Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning maslahatchisi Seulni AQSh THAAD bo‘yicha xarajatlarini o‘z zimmasiga olishiga ishontirdi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Herbert Makmaster janubiy koreyalik hamkasbi Kim Kvan Chjin bilan telefon suhbatida Vashington Seulni Janubiy Koreyada THAAD raketa mudofaa tizimini joylashtirish bo‘yicha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishiga ishontirdi. Bu haqida Koreya Respublikasi prezident ma'muriyati bergan ma'lumotga asoslanib, "Ryonxap" agentligi xabar berdi.
Payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp THAAD joylashuvi uchun Janubiy Koreya milliard dollar to‘lashi kerakligini aytgan edi.
Janubiy Koreya TIV esa Seul Vashingtondan tizim joylashuvi uchun to‘lov kiritish bo‘yicha rasmiy talab tushmaganini ma'lum qilgan. Bundan avvalgi kelishuvlarga muvofiq, Janubiy Koreya faqat yer va tuzilmani taqdim etishi, tizim va uning joylashuvi xarajatlari uchun esa AQSh mas'ul bo‘lishi kerak edi.
Makmasterning izoh berishicha, "prezident Trampning yaqinda bergan bayonoti Amerika aholisining ittifoqdoshlar mudofaa xarajatlarini bo‘lishib olish masalasidagi umidi bilan shartlangan umumiy kontekst bo‘yicha bildirilgan".
Muloqot yakshanba kuni Amerika tomonning tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan va 35 daqiqa davom etgan.
Chorshanba kuni Janubiy Koreya harbiylari tizimni o‘rnatish bo‘yicha ilk uskuna Kensen-Namdo provinsiyasidagi sobiq Sonju golf-klubiga yetkazilganini ma'lum qilishdi. Janubiy Koreya mudofaa vazirligi tizimning to‘liq montaj ishlari yil oxiriga borib tugallanishi kerakligi haqida xabar berdi. Payshanba kuni AQSh Tinch okeani qo‘mondonligidan admiral Harri Harris Amerikaning THAAD raketa mudofaa tizimi yaqin kunlarda ishga tushrilishini aytdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025