Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yarim milliard soniya ishga sadoqat. Afsona qaytmoqda
Bugungi kunda, O‘zbekiston bozori turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan alyuminiy va plastik romlarga haddan ziyod to‘lib ketgan. Shu sababli, aksariyat iste'molchilar “qaysi savdo belgisi ostidagi mahsulotni sotib olish mumkin?”, degan savolga duch kelishadi. Sizning fikringizcha, past narx ko‘proq ishonch qozonishga loyiqmi yoki vaqt bilan sinalgan sifatmi?
AKFA savdo belgisi O‘zbekiston bozorida 2001 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va yuqoridagi savolga batafsil javob bera oladi. Eng sifatli profil ishlab chiqarish uchun bir necha omillar talab etiladi:
• Shaxsiy avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish

• Jahonda dong‘i ketgan ishlab chiqaruvchilarning dastgohlari
• Taniqli firmalardan sifatli xomashyo
• Texnologik laboratoriya

• ISO 9001 xalqaro sifat sertifikati
• Malakali mutaxassislar

Eng muhimi – milliy sanoat mahsulotini sifatli tayyorlashga intilishdir! Albatta, bularning bariga bir necha yilning o‘zida erishib bo‘lmaydi. AKFA savdo belgisi hozirgi ishlab chiqarish darajasiga erishish uchun ko‘p vaqt, kuch va mehnat sarfladi. Buning uchun 15 yildan ortiq vaqt talab etildi va bu muddat mahsulot sifatining uzluksiz takomillashuvi, yangi sanoat majmualarini qurish, robotlashtirilgan ishlab chiqarish tizimi, xalqaro miqyosdagi mutaxassislarni jalb qilish jarayoni bilan kechdi.

Endilikda, AKFA savdo belgisi, barcha IShLAB ChIQARILAYoTGAN MAHSULOT – VAQT BILAN SINALGAN SIFATGA EGA EKANLIGINI faxr ila ta'kidlay oladi!
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
18:00 / 27.06.2023
Markaziy Osiyoda ta’limning yangi davri: AKFA universiteti Central Asian University (CAU)ga o‘zgartirildi
16:50 / 16.06.2023
AKFA universitetida grant olish imkoniyatlari: muvaffaqiyatli ta’lim uchun moliyaviy yordam
20:00 / 21.04.2021
AKFA Universiteti Times Higher Education Impact Ranking reytingiga kirdi
12:00 / 11.03.2021