Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Le Pen Yevroittifoq o‘rniga muqobil tashkilot tuzishni taklif etdi
Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Penning fikricha, Yevropa Ittifoqi (YeI) totalitar tuzilmaga aylangan, shu bois u yangi ittifoqqa aylantirilishi kerak. Bu haqida u Europe 1 radiostansiyasi efirida ma'lum qildi.
Siyosatchi YeIning muqobili sifatida "Yevropaning erkin va suveren davlatlar alyansi" ittifoqini tuzishni taklif qildi.
"Men yevropalikman, biroq men Yevroittifoq deya nom olgan va o‘z yo‘nalishini butkul o‘zgartirgan bu siyosiy tuzilma bilan ishlashni istamayman. U holda, ehtimol, uning nomini yangilarmiz... Masalan, mamlakatlarga loyihalar bo‘yicha birlashish imkonini beruvchi, ularning milliy manfaatlariga to‘sqinlik qilmaydigan Yevropa alyansi, chunki YeIning asosiy muammosi - uning deyarli totalitar tuzilmaga aylanganida", - dedi Le Pen.
Bundan avval Le Penning prezidentlik poygasidagi raqibi Emmanuel Makron agar ittifoq islohotlar o‘tkazmasa, Fransiyaning YeIdan chiqishi mumkinligi haqida aytgandi.
23 aprel kuni Fransiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida Makron - 24,01 foiz, Le Pen - 21,3 foiz ovoz to‘pladi. Saylovlarning ikkinchi bosqichi 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
13:45 / 21.05.2025
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
09:26 / 17.04.2025