Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya istalgan vaqtda yana bir yadro sinoviga tayyor ekanini ma'lum qildi
KXDR istalgan payt yadro sinovini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda mamlakat TIV xabarida aytiladi, u dushanba kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi kanallari bo‘ylab keng tarqaldi.
"KXDR tomonidan yadro kuchini maksimum darajaga olib chiqish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar konstruktiv va bosqichma-bosqich, oliy rahbariyat tomonidan belgilab berilgan joyda va vaqtda amalga oshiriladi", - deyiladi xabarda.
"Agarda KXDRda kuchli yadro kuchi bo‘lmasa, AQSh boshqa davlatlarga qarshi qo‘llangani kabi Koreyaga nisbatan ham tajovuzkorlik aktini hech ikkilanishsiz amalga oshirgan bo‘lardi", - deya ma'lum qilishgan xabar mualliflari.
Bundan avval Shimoliy Koreyada beshta yadro sinovi o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025