Fan-texnika | 18:39 / 02.05.2017
8400
2 daqiqa o‘qiladi

Ecco kompaniyasi shaffof charm ishlab chiqdi

Foto: Eccoleather.com

Kundalik poyafzal va aksessuarlar brendi hisoblanadigan Ecco mutlaqo yangi material taqdim etdi, deya xabar beradi ProFashion.

Yangi material ustida kompaniyaning Niderlandiyadagi laboratoriyasi mutaxassislari ish olib borishmoqda — ular bir necha yil davomida teri oshlashning misrcha va yunoncha usullarini o‘rganishgan. Savdo belgisi vakillarining gapiga ko‘ra, yangi materialdan sumkalar, poyafzallar va kurtkadan tortib, ko‘ylaklargacha bo‘lgan kiyim-kechaklar ishlab chiqarishda foydalansa bo‘ladi. 

“Bu bir futuristik material bo‘lib, charmdan biz sevadigan kutadigan xususiyatlarni o‘zida saqlab qolish bilan birga, yangi xossalarga ham ega bo‘ladi. Shunday qilib, biz shaffof charmda to‘xtadik», — deydi kreativ bo‘yicha direktor Siruli Raxt. Ayni paytda qahraborang, salatrang, to‘q norinrang, qora, qizil va fil suyagi rangidagi buyumlar tayyorlangan.

Ecco markasiga 1963 yilda Daniyaning Bredebro shahrida Karl Tusbi tomonidan asos solingan va hanuzgacha uning oila a'zolariga tegishli hisoblanadi. Ular klassik, kundalik va sportcha poyafzallar, shuningdek, ayollar, erkaklar va bolalar uchun aksessuarlar ishlab chiqarishadi. Kompaniya zavodlari Portugaliya, Indoneziya, Tailand, Slovakiya va Xitoyda joylashgan.

Mavzuga oid