Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ikkinchi jahon urushi faxriylariga Prezident sovg‘alari topshirildi
«Qahramonlik, burch va fidoyilik» hamda «Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat» shiorlari ostida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda. Ayni damda Birgina Marg‘ilon shahrining o‘zida 12 nafar ulug‘ vatan urushi qatnashchilari yashab kelmoqdalar. “Yo‘rmadoz” MFYda yashovchi Abdusamat ota G‘ulomov ham bugun o‘zining 92 bahorini qarshi oldi. Ayni damda urush faxriysi 4 nafar farzandning otasi va 11 nafar nabiraning baxtli bobosidir. O‘zbekona jasorati, matonati, vatanparvarligi bilan hurmat qozongan Abdusamat ota xoni bayram arafasida yanada fayzu tarovatga boyib ketdi. Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev tashrif buyurib, Abdusamat otaga Prezidentimiz tomonidan yo‘llangan tabriknoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Otaxonning ko‘zidagi quvonch esa shunday dorilamon kunlarga, qolaversa ularga ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlikning shukronalik ifodasidir.
Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi Imomnazar ota Qurbonov bu yil 103 yoshga to‘lib, keksalik gashtini surib yurgan faxriylardan. Ularning aytayotganlari avlodlar uchun ibrat maktabi. Imomnazar ota tinch hayotda baxtiyor yashayotgan odamlarni ko‘rganidan doim xursand. Uni ham tanish bilishlari, shahar rahbarlari, yoshlar yolg‘iz qoldirishmaydi. Ko‘plar urush ko‘rgan otadan tinchlikni qadrlash hissiyotini olishga odatlangan. Bayram sovg‘asi sifatida Imomnazar otaga Davlatimiz rahbarining tabriknomasi, esdalik sovg‘alari, ko‘krak nishoni topshirildi.

Shahardagi “Galatoy” MFY da yashovchi Zokirjon ota G‘ofurov esa bu yil 100 yoshni qarshi olib, o‘zining bir asrlik yubiley to‘yini nishonlagandi. Xotira va qadrlash kuni esa ota uchun yana bir to‘y-bayramdir. Urush qanday kulfat ekanini hali hanuz yodidan chiqarmaydigan, tinchlik deya, Vatan uchun sodiqlik ruhiyati yuz ko‘zlaridan sezilib turgan Zokirjon ota bilan suhbat qurganlar qalbida urushga la'natlar aytiladi. Otaning o‘zi esa istiqlol ne'matlariga shukronalikdan ortiq baxt yo‘q ekanligini takror va takror aytaveradi. Mamlakatimiz Prezidentining hurmat va e'tiborlari esa ularning qalblariga shodliklar olib kiradi.

Mehr – oqibat, qadr va ehtirom O‘zbekistonda har doim ulug‘lab kelingan. Nuroniy bobolarimiz, momolarimiz bizlarga hayot maktabining bebaho ustozlaridir. Ulardan Vatanni sevishni, bir qarich tuprog‘ini aziz va muqaddas bilib, ardoqlab yashashni o‘rganamiz. Zero, inson bu yorug‘ olamda o‘zidan faqat ezgulik ishlarini meros qoldirsagina ularning nomlari xotiralardan aslo o‘chmaydi. Qarilari doim musaffo osmonimizni tinchlik quyoshi misol nurlarga to‘ldiraveradi.
Ahror Ziyo Farg‘ona
Mavzuga oid
16:17 / 01.05.2025
Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlab 2000 kishi ishtirokida marafon o‘tkaziladi
20:36 / 19.02.2025
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda «Xotira va qadrlash kuni» keng miqyosda nishonlanadi
23:58 / 09.05.2023
U tobora uzoqlashmoqda: nega sobiq sovet davlatlari g‘alaba kunini keng nishonlamay qo‘yishdi?
15:35 / 09.05.2023