Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ko‘p qavatli uy odamlar uchun xavfli tarzda buzildi
Xitoyning Chuanchjou shahrida quruvchilar avtomobil yo‘li va piyodalar yo‘lakchasi yonginasida joylashgan 12 qavatli binoni odamlar uchun xavfli tarzda buzdilar. Bino buzilishi yaqin oradagi odamlar va haydovchilarni qo‘rqitib yubordi. Ushbu holat tasvirlangan video Avstraliyaning 9News kanali e'tiborini jalb qildi.
Xitoylik mas'ullarning aytishlaricha, ular bino buzilishidan odamlarni ogoh etganlar: hududda harakat to‘xtatilgan va davlat muassasalari yopib turilgan.
55 metrlik bino portlovchi qurilmalarsiz, uning har qavatidagi sinchini sekin-asta zaiflashtirish yordamida buzildi. Binodan bo‘shatilgan joyda temir yo‘l stansiyasi qurish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025