Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQSh bombardimonchilari parvozini bombalar tashlash bo‘yicha mashqlar deb atadi
Shimoliy Koreyaning ma'lum qilishicha, Amerika bombardimonchi samolyotlarining Janubiy Koreyada mashqlar doirasidagi harakatlari Vashingtonning xavfli fitnasidir. Bu haqda Reuters Koreya Markaziy telegraf agentligiga asosan xabar berdi.
“Bu bema'ni harbiy fitna Koreya yarim orolidagi vaziyatni yadro urushiga qarab yetaklamoqda”, - deya ta'kidlab o‘tgan KXDR hukumati.
AQSh va Janubiy Koreyaning qo‘shma mashqlari doirasida ikkita harbiy samolyot Koreya yarim oroli ustidan uchib o‘tdi. Bu holat prezident Donald Tramp ma'lum bir sharoitlarda shimoliy koreyaliklar yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishga tayyor ekani haqida ma'lum qilganidan so‘ng yuz berdi.
KXDRda ma'lum qilishlaricha, AQSh bombardimonchi samolyotlari Shimoliy Koreyaning muhim obektlariga bombalar tashlash bo‘yicha mashqlar o‘tkazishgan.
Shimoliy Koreya agentligi fikricha, AQSh prezidenti Donald Tramp va “amerikalik boshqa urush boshlamoqchi bo‘lgan shaxslar Shimoliy Koreyaga ogohlantiruvchi zarba berishga chaqirmoqda”.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025