Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yuridik universiteti rektori adliya vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov o‘zining asosiy lavozimidan tashqari yana bir ishga ega bo‘ldi – u endilikda adliya vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaradi. Bu haqdagi farmon O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
Shu bilan birga, Kanyazov 2013 yilning iyulida yuridik universitetiga rahbarlik qilish uchun vazir o‘rinbosari lavozimini tark etgandi.
Yesemurat Kanyazov Qoraqalpog‘istondan bo‘lib, 1993 yilda Moskva davlat avtomobil yo‘llari institutini, 1999 yilda esa – Qoraqalpoq davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
1996-1999 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida maslahatchi, katta maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan bo‘lsa, 1999-2001 yillarda – O‘zbekiston Adliya vazirligida yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarini egallagan.
2001-2005 yillarda Adliya vazirligining iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2005-2011 yillarda – vazir o‘rinbosari, 2011 yilning iyunidan esa – O‘zbekiston Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan.
Mavzuga oid
16:50 / 01.01.2025
Suriya adliya vaziri: Jinoyatga aloqadorlarning barchasi mustaqil sud oldida javob beradi
12:38 / 24.12.2024
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
21:44 / 19.11.2024
Kanadada sobiq adliya vaziriga suiqasdning oldi olindi
22:11 / 19.07.2024