Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qidirilayotgan jinoyatchilar haqidagi ma'lumotlar Facebook tarmog‘iga joylashtiriladi
Toshkentdagi Xalqaro press klubda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov va vazirlikning boshqarmalari vakillari ishtirokida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda, Ichki ishlar vaziri va boshqarmalar rahbarlari mahalliy va xorijiy OAV vakillari savollariga ham javob qaytardi.
Xususan, shunday savollardan birida so‘nggi vaqtlarda turli xorijiy mamlakatlarda kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan kishilarning terrorchilik aktlarini sodir etishi va bu bilan bog‘liq jarayonda ichki ishlar vazirligi yoki idoralaridan zudlik bilan ma'lumot olib bo‘lmasligiga doir masala ko‘tarildi.
Ichki ishlar vaziri mazkur savolga javob berar ekan, Shvetsiya va Turkiyada jinoyatlarni sodir etgan terrorchilar xususida o‘sha davlatlar maxsus xizmatlariga o‘z vaqtida ma'lumot berilgani, bundan tashqari, xalqaro qidiruvga ham berilganini ta'kidladi. Azizovning aytishicha, afsuski, Shvetsiya kabi davlatlar bu ma'lumotlarga yetarlicha e'tibor bermagan, aksincha, turli vajlar bilan bu kabi shaxslarga boshpana berishga urinmoqda. Shu bilan birga, Azizovning ta'kidlashicha, Shvetsiyada piyodalar ustiga yuk mashinasini haydab yuborgan Rahmat Oqilov O‘zbekistonda terrorchi bo‘lmagan, balki Shvetsiyada bo‘lgan vaqtida turli yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolgan.
Shu munosabat bilan, Ichki ishlar vazirligi faoliyatiga axborot texnologiyalarini keng joriy qilish natijasida O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan respublika miqyosida va xalqaro qidiruvga berilgan jinoyatchilar haqidagi ma'lumotlar vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylashtirib boriladi.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025