Jahon | 07:40 / 02.05.2017
9602
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyadagi THAAD RQM tizimi jangovar holatga keltirildi

Foto: US Department of Defense

AQSh qurolli kuchlari vakillari AQShning Janubiy Koreyada joylashtirilgan THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimining raketalarni urib tushirishga tayyorligini ma'lum qildilar. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Ularning aytishicha, tizim "raketalarni urib tushirish uchun dastlabki imkoniyatlarga" ega.

Ta'kidlanishicha, Xitoy vakillari bu RQM tizimining faollashtirilishiga qarshi chiqmoqdalar. Ular bu tizim radarlari ayg‘oqchilik maqsadida qo‘llanishidan xavotirlanmoqdalar.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya uning hududida THAAD’ning joylashtirilishi uchun Vashingtonga 1 mlrd dollar to‘lashi kerakligini aytgandi. Janubiy Koreya mudofaa vazirligi bunga javoban RQM tizimining Janubiy Koreyada joylashtirilishi shartlariga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmaganini aytgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid