Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatida to‘liq tarkibda ishtirok etadi
Toshkentda davom etayotgan boks bayrami eng qizg‘in va hal qiluvchi pallalariga tobora yaqinlashmoqda. Bugun 3 may kunga belgilangan janglarda barcha vazn toifalarida chorak final bahslari o‘tkaziladi hamda yarim finalchilar nomi ma'lum bo‘ladi.
Musobaqani o‘tkazish jadvaliga ko‘ra, dastlab o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (56 kg) ertalabki bahslar doirasida butanlik Dorji Nima bilan kuch sinashadi.
Ertalabki bahslarda, shuningdek, 91kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Sanjar Tursunov qozog‘istonlik Levit Vasiliyga qarshi ringga ko‘tariladi.
Shundan so‘ng start beriladigan kunduzgi va kechki bahslarda o‘zbekistonliklar quyidagi tartibda ringga chiqishadi.
Kunduzgi bahslar.
49kg. Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Yerjon Jo‘mart (Qozog‘iston)
60kg. Papendang Farrand (Indoneziya) – Elnur Abduraimov (O‘zbekiston)
64kg. Pan Hung-Ming (Taypey) – Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston)
75kg. Marsial Eumir (Filippin) – Isroil Madrimov (O‘zbekiston)
Kechki janglar.
52kg. Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) – Visht Kavinder Singx (Hindiston)
69kg. Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Li Singxyon (Koreya)
81kg. Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) – Nig‘matulloyev Shabbos (Tojikiston)
91kg. Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kim Dohyon (Koreya)
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025