Jahon | 16:47 / 03.05.2017
22399
1 daqiqa o‘qiladi
Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar hazil bilan boshlandi
Sochi shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar boshlandi. Davlat rahbarlari Suriya muammosini, kimyoviy qurol borasidagi savollarni hamda boshqa dolzarb xalqaro masalalarni muhokama etishi ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv boshlanish arafasida Erdo‘g‘anning hamrohlaridan biri muzokaralar stoliga kelishi kechikkan. Ikki davlat rahbari uni kutib qolishganida, mezbon hazillashgan: "Senikilar ishlashni istamayapti".
Rossiya prezidenti Moskva va Anqara munosabatlari rivojlanishda davom etayotganini qayd etgan.
Erdo‘g‘an ham o‘zaro munosabatlar tiklanganidan mamnunligini bildirgan.
Mavzuga oid
22:03 / 15.11.2024
Shols va Putin ikki yil ichida ilk bor telefon orqali muloqot qildi
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024