Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorrahalarda to‘xtash chizig‘ini bosgan haydovchilarga solinadigan jarimalar o‘zgartirilishi mumkin
2017 yil 4 may kuni Toshkent IIBBda odatdagidek matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi. Unda, shahar ichki ishlar bo‘limlari tomonidan jinoyatchilikni oldini olish, profilaktika va boshqa belgilab olingan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati bilan hamkorlikda chorrahalarda svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida o‘tib ketganlik va to‘xtash chizig‘ini bosib to‘xtaganlik uchun jarimalar miqdorini o‘zgartirish masalasini o‘rganib chiqib, takliflar ishlab chiqadi. Bunda qonunbuzarliklarni sodir etgan voyaga yetmaganlar hamda 60 yoshdan oshganlarga nisbatan jazolarni yengillatish bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligida ko‘zda tutilgan tamoyillar e'tiborga olinadi.

Bu haqda Toshkent IIBB brifingida ishtirok etgan Oliy Majlis Senati a'zosi Botir Matmuratov ma'lum qildi.
Mavzuga oid
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi
11:43 / 10.04.2025