Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 3–5 may kunlari birinchi Xalqaro stomatologlar anjumani bo‘lib o‘tadi
Toshkentdagi “International” mehmonxonasida 2017 yil 3–5 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent davlat stomatologiya instituti va O‘zbekiston stomatologlar assotsiatsiyasi tashabbusi bilan I Xalqaro stomatologlar konferensiyasi o‘tkazilmoqda.
Anjumanda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston stomatologlar assotsiatsiyasi va ularning joylardagi tuzilmalari vakillari, respublikamizdagi, yaqin va uzoq xorijiy davlatlar nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarining professor o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etmoqda.
Mazkur anjumanni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad jahonning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish, shuningdek, o‘quv-pedagogik faoliyatga, malaka oshirish kurslariga xorijdagi ta'lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning xorijiy ta'lim va ilmiy muassasalarda amaliyot o‘tashini, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda ilk bora o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro anjumanda Germaniya, AQSh, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Fransiya, Italiya, Polsha, Litva, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari professorlari ishtirok etishmoqda.
Anjuman 3 qismdan iborat bo‘lib, 3 may kuni iqtidorli bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari, klinik ordinatorlar va yosh izlanuvchi mutaxassislar ishtirokida «Yosh olimlar kuni» anjumani, respublikamizning yetakchi professor – olimlari va ularning xorijiy hamkasblari ishtirokida 4 – 5 may kunlari «Stomatologiyaning dolzarb muammolari»ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman va stomatologik materiallar, asbob va uskunalar ishlab chiqaruvchi mahalliy va xorijiy korxonalar ishtirokida “Stomatologik asbob-anjomlar ko‘rgazmasi” o‘tkaziladi.
Nufuzli Xalqaro stomatologlar assotsiatsiyasi vakillari mazkur anjumanda birinchi marotaba ishtirok etib, Jahon stomatologlar assotsiyatsiyasi vitse-prezidenti rahbarligidagi delegatsiya vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari ijobiy hal etildi va anjuman yakunida hamkorlik haqidagi memorandum imzolanadi.
Toshkent davlat stomatologiya institutida o‘tkazilgan anjuman doirasida stomatologiyaning restavratsiya, parodontologiya, ortodontiya va tish implantatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovlar, shuningdek, yana bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha 14 mahorat darslari o‘tkaziladi. Ushbu tanlov va mahorat darslarida stomatologiya instituti bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari, klinik ordinatorlari, barcha viloyatlardan kelgan amaliyot shifokorlari bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasidan vakillar ham ishtirok etishadi.
Mavzuga oid
10:56 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
12:15 / 24.03.2025
Yaponiyada stomatologik klinikalar bemorlarni tinchlantirish uchun terapevt itlarni yollamoqda
11:41 / 09.01.2025
Tibbiyotda stomatologiya xizmati autsorsing asosida xususiy sektorga beriladi
23:11 / 23.08.2024