Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftegaz” 25 yoshda: Toshkentda “Global Oil& Gas Uzbekistan" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
2017 yil 17-19 may kunlari Toshkent shahrida 21-Xalqaro ko‘rgazma va “Global Oil& Gas Uzbekistan /OGU 2017” (O‘zbekiston neft va gazi) konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, joriy yilda “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi o‘zining 25 yilligini nishonlamoqda. Ushbu sana munosabati bilan kompaniya OAV vakillari uchun 3 may kuni Hyatt mehmonxonasining “Toshkent Xoll” zalida brifing tashkil etdi.

25 yil muqaddam, 1992 yilning 3 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz sanoatining davlat konserni “O‘zbekneftegaz”ni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoni imzolangan edi. Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF- 2154 sonli “O‘zbekneftegaz” Milliy neft va gaz korporatsiyasini “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 523- sonli “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va faoliyati to‘g‘risida”gi Qarori kuchga kirdi.

Bugungi kunda 120 ming nafarga yaqin odam mehnat qilayotgan “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi 200dan ortiq korxonalarni o‘zida birlashtirgan, neftegaz tarmog‘ining barcha faoliyat yo‘nalishlarini ta'minlovchi yaxlit jipslashgan, uch ko‘lamli xolding kompaniyasi hisoblanadi.
Brifingda 21- Xalqaro ko‘rgazma va “O‘zbekiston neft va gazi-Global Oil& Gas Uzbekistan /OGU 2017” tadbirlarining dasturi tanishtirildi. Anjuman yakunlangach, Yashnobod tumanidagi internat maktabda daraxtlar ekish eko-aksiyasi o‘tkazildi.


Ma'lumot o‘rnida: Ko‘rgazma va konferensiyada quyidagi mamlakatlarning 400ta kompaniyasi va delegatlari o‘z ishtirokini tasdiqladi: Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Indoneziya, Qozog‘iston, Xitoy, Hollandiya, Polsha, Rossiya, Singapur, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Fransiya, Chexiya, Shveytsariya, Janubiy Koreya.
Mavzuga oid
17:20 / 30.04.2025
O‘zMUdagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi muhokama qilindi
20:23 / 14.02.2025
Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha konferensiya boshlanmoqda
12:55 / 09.12.2024
Toshkentda islom tadqiqotlari bo‘yicha Oksford markazi yubileyiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi
12:33 / 23.11.2024