Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi akvaparkda halok bo‘lgan bolaning oilasiga 20 million dollar to‘lab beriladi
AQShning Kanzas-siti shahrida joylashgan akvaparkdagi dunyodagi eng baland tepalikda 2016 yilda halok bo‘lgan bola oilasi qariyb 20 million dollar oladi. Bu haqda Kansas City Star gazetasi sud hujjatlariga asosan yozmoqda.
Hodisa o‘tgan yilning avgust oyida Schlitterbahn Water Park akvaparkida yuz bergan. Shtat vakillar palatasi a'zosining o‘g‘li bo‘lgan o‘n yoshli bola uzunligi 51 metr bo‘lgan suv tepaligidan tushib, bo‘ynidan jarohat oldi va hayotdan ko‘z yumdi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan bola oilasi umumiy hisobda 19,7 million dollar oladi. Ushbu summaning katta qismi – 14 million dollar – akvaparkka asos solgan Schlitterbahn kompaniyasi bilan aloqador bo‘lgan SVV 1 va KC Water Park kompaniyalari tomonidan to‘lab beriladi.
Avvalroq Kanzas-siti shahridagi akvapark rahbariyati ro‘y bergan holatdan so‘ng dunyodagi eng baland tepalikni buzib tashlashga qaror qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025