Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar hamda o‘qituvchilar Makron va Le Penga qarshi namoyishga chiqishdi
Parijda o‘nga yaqin litsey faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Bunga talabalar va o‘qituvchilarning Fransiya prezidenti saylovlarining ikkinchi turida hech bir nomzodga ovoz bermaslikka chorlovchi namoyishlari sababdir.
Litseylardagi aksiyalar davlat rahbari kim bo‘lishini aniqlab beruvchi saylovlarning navbatdagi bosqichiga ikki kun qolganda bo‘lib o‘tmoqda. Saylovning keyingi bosqichida qatnashuvchi nomzodlar - "Olg‘a" harakati yetakchisi, mamlakatning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron va "Milliy front" partiyasidan Marin Le Pen.
Agentlikda xabar berilishicha, o‘qituvchi va talabalar "Na "Milliy front" va na Makron" shiori ostida namoyish o‘tkazishmoqda va "liberalizm hamda fashizm"ga qarshilik qilishga chorlashmoqda.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
21:53 / 26.05.2025