Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 may kuni Moskvada qor yog‘ishi mumkin
8-9 may kunlari Markaziy Rossiya mintaqalarida havo keskin sovib, sovuq shamol esishi va yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Rossiya Gidrometeomarkazi shunday xabar tarqatdi.
Faol siklon ta'sirida Rossiya Markaziy federal okrugiga nam va sovuq havo oqimi kirib keladi. 8 may kuni kunduzi va 9 may kechasi Tver, Smolensk, Kaluga, Tula, Ryazan, Moskva, Vladimir, Ivanov viloyatlarida hamda Yaroslav viloyati janubiy hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda qorga aylanadi. Shu bilan birga, sinoptiklar 10-20 sm qalinlikdagi vaqtinchalik qor qoplashi ehtimolini ham rad etishmayapti.
Bundan tashqari, Markaziy federal okrug shimolida havo harorati tungi vaqtda noldan pastga tushadi, shu sababli yo‘llar sirpanchiqqa aylanishi mumkin. aksar viloyatlarda shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrni tashkil etadi.
Markaz xabariga ko‘ra, 1945 yil 9 may kuni ham Moskvada sovuq bo‘lgan. O‘shanda, havo harorati 7,6 daraja bo‘lib, yomg‘ir yoqqan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025
G‘arbdan keladigan sovuq antitsiklon yurtimizga salqinlikni olib keladi
18:42 / 13.05.2025