Alen Delon aktyorlik faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi
Dunyoga mashhur fransuz aktyori Alen Delon kuzda o‘z faoliyatidagi so‘nggi filmda suratga tushishi haqida xabar berdi. Bu haqda Le Parisien ma'lum qilgan.
«Bu mening eng oxirgi filmim bo‘ladi, men ortiqcha jang o‘tkazishni istamayotgan bokschidekman, ortiqcha filmda ham suratga tushishni xohlamayman», - deya ma'lum qilgan Delon Lejdagi xalqaro kinofestivalda.
81 yoshli aktyorning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi filmida unga aktrisa Jyulet Binosh hamrohlik qiladi, garchi dastlab kartinada Sofi Marsoning ishtirok etishi rejalashtirilgandi.
«Jyulet – ajoyib aktrisa. Film muhabbat haqida bo‘ladi», - deya ta'kidlab o‘tdi Delon.
Eslatib o‘tamiz, Delon ishtirokidagi so‘nggi film 2008 yilda chiqqandi. U «Asteriks Olimpiya o‘yinlarida» kartinasida Gay Yuliy Tsezar rolini o‘ynagan.
Mavzuga oid
11:53 / 18.08.2024
Aktyor Alen Delon vafot etdi
09:07 / 27.02.2024
Rossiyada sobiq aktyor sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
12:07 / 10.11.2023
Hollivud aktyorlari ish tashlashni tugatdi
13:29 / 20.07.2023