Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyalik 101 yoshli ayol hayoti davomidagi 17-prezidentga ovoz berishda ishtirok etadi
Fransiyalik saylovchi Jyeneveva Kalro 6 may kuni 101 yoshga to‘ldi. Biroq ayol o‘zining ulug‘vor yoshiga qaramasdan, ayollar huquqlari uchun 7 may, yakshanba kuni saylov uchastkasiga kelib, hayotida davomida ko‘radigan 17-prezident uchun ovoz bermoqchi, deb xabar berdi RTL radiostansiyasi.
Kalro prezident Raymon Puankare (1913-1920) davrida tug‘ilgan. Ayol butun umrini mamlakatning janubi-g‘arbida joylashgan Sent-Oley kommunasidagi qishloqda o‘tkazgan. U hali ham bog‘ va tomorqasiga o‘zi qaraydi..
Kalro birinchi marotaba 29 yoshida saylovda ovoz bergan. "Bu 1945 yilda ayollarga ovoz berish huquqi berilgan birinchi saylov bo‘lgan. U vaqtda men endigina qiz farzandli bo‘lgan edim, bu menga saylovdan ancha muhimroq edi. Hozir ovoz berish juda oson. Bizlar uchun esa saylovda ishtirok etish bir olamshumul voqea edi", deb muxbirlarga so‘zlab berdi Kalro.
Uning aytishicha, u butun umr "kurashgan va o‘zini kurashchi deb hisoblaydi", aynan shu sababdan ham saylovga ovoz berish uchun bormoqchi. "Ayollarga ovoz berish huquqi berildi va biz bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmaymiz", deb ta'kidlab o‘tdi momo.
Fransiya prezidenti saylovlarining 2-bosqichi 7 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Saylovning birinchi bosqichi 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan edi. Uning natijalariga ko‘ra, "Olg‘a" harakati yetakchisi, sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron 24,01 foiz ovoz bilan, "Milliy front" partiyasi nomzodi Marin Le Pen esa 21,3 foiz ovoz bilan 2-bosqichga chiqqandilar.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025