Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada birinchi F-35B qiruvchi samolyoti chiqarildi
Italiyada F-35B birinchi qiruvchisi litsenziya bo‘yicha ishlab chiqarildi. The Aviationist taniqli blogi muallifi, jurnalist Devid Tsentsiotti Twitter’dagi o‘z sahifasida samolyot ilk fotosuratini taqdim etdi.
Italiya HHK 2015 yilning dekabrida Final Assembly and Check Out (FACO) korxonasida yaratilgan F-35A birinchi samolyotini olgandi. Samolyot hozirgi F-35B kabi bir xil ko‘rinishda bo‘lgan hamda o‘sha yilning 7 sentabr kuni ilk parvozini amalga oshirdi.
FACO zavodi F-35 oilasidagi samolyotlarga servis xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bo‘yicha Yevropa infratuzilmasi markaziga aylanishi lozim. U 2013 yilda ishga tushirilgan va AQShdan tashqarida F-35 uchun yagona yig‘ish maydonchasidir. Italiyada Rim tomonidan buyurtma berilgan bu oiladagi 90 ta mashinaning barchasi, shuningdek F-35A turkumidagi 37 ta samolyot chiqariladi, ular Niderlandiya tomonidan sotib olingan.
Ayni damda Italiya o‘z hududidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hamda ishlab chiqarishni texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun 3,5 milliard dollar, shuningdek, zavodda yig‘iluvchi F-35A/B turkumidagi ilk 8 ta qiruvchi uchun shartnoma bo‘yicha taxminan milliard dollar sarmoya kiritdi.
F-35 Lightning II – istiqbolli va payqalishi murakkab bo‘lgan ko‘p xususiyatli beshinchi avlod qiruvchisi bo‘lib, uni 2001 yildan beri Amerikaning Lockheed Martin korporatsiyasi ishlab chiqarmoqda. Qiruvchi uchta variantda ishlab chiqarilishi kerak: A (HHK uchun), B (qisqartirilgan uchish va vertikal qo‘nishli) hamda C (palubali).
AQSh F-35B nusxasini dengiz-piyoda Korpusi aviatsiyasida qo‘llash, NATO bo‘yicha sherik davlatlar esa – o‘z aviatashuvchi kemalarida foydalanishni mo‘ljallagan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025