Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marca: Messi shartnomasini uzaytirishga yaqin
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, futbolchining otasi va agenti bo‘lgan Xorxe Messi "Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu bilan muzokaralar o‘tkazgan. Muzokara natijasiga ko‘ra, kelishuv to‘liq hal qilindi, deb bo‘lmasa-da, tomonlar barcha muhim savollarda bir to‘xtamga kelishdi.
Avvalroq, Messi klub tomonidan 2022 yilga qadar belgilangan maoshi 30-35 mln yevro bo‘lgan shartnomani rad etgani haqida ma'lum qilingandi.
Futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar belgilangan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025