Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashingtonda Gulen ekstraditsiyasi muhokama qilinadi
Turkiya adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ 8 may, dushanba kuni Vashingtonda AQSh bosh prokurori Jyeff Seshns bilan uchrashadi. Muhokama mavzusi FETÖ ("Parallel davlat") terrorchi oqimi rahbari Fathulloh Gulenning ekstraditsiyasi bo‘ladi. Bu haqda "Anadolu"da xabar berildi.
Adliya vazirligi rahbarining AQShga tashrifi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning 15-17 may kunlariga rejalashtirgan tashrifi arafasida bo‘lib o‘tadi.
Bo‘zdog‘ Seshnsni Gulen jinoiy faoliyatining to‘rt yangi dalili bilan tanishtiradi.
Bundan tashqari, turk vaziri hamkasbiga 2016 yilning 10 sentabrida Anqaraning hozirda Pensilvaniya shtatida yashab kelayotgan terrorchilar rahbarining vaqtinchalik qo‘lga olish bo‘yicha rasmiy murojaati haqida eslatib qo‘yadi.
Adliya vaziri 9 may kuni Turkiyaga qaytadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025