Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milner 7 yil ichida ilk bor penaltini ura olmadi va «Liverpul» muhim ochkolarni yo‘qotdi
Angliya chempionatining 36-turida «Liverpul» «Sauthempton»ni qabul qildi. Uchrashuvda hisob ochilmay qoldi, bu «avliyolar» jamoasining qatorasiga to‘rtinchi uchrashuvda g‘alaba qozona olmasligi bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Jyek Stivens jarima maydoni ichida Divok Oriji bilan to‘p uchun kurash vaqtida uni turtib yubordi. Natijada o‘yin hakami 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi, ammo Freyzer Forster Jyeyms Milnerning zarbasini qaytardi.
Qayd etish kerakki, Milner oxirgi bor APLda 2009 yilning noyabrida nuqtadan adashgandi («Aston Villa» va «Bolton» o‘yinida).
Endilikda «Liverpul» 70 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda, Klopp jamoasi beshinchi o‘rindagi «MYu»ni 5 ochkoga ortda qoldirgan (2ta ko‘p o‘yin o‘tkazgan holda). «Sauthempton» esa (42 ochko, 34 o‘yin) — 10-o‘ninchi o‘rinda.
Angliya chempionati, 36-tur
Liverpul – Sauthempton 0:0
Liverpul – Minole, Lovren, Matip, Klayn, Milner, Jan, Veynaldum (Gruyich, 87), Koutino, Leyva (Lallana, 69), Firmino, Oriji (Starrij, 69).
Sauthempton – Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Tadich, Uord-Prouz, Bufal (Redmond, 60), Devis, Gabbyadini (Long, 69), Romeu.
Ogohlantirishlar: Soaresh (65), Uord-Prouz (65), Lovren (89), Bertran (90).
Mavzuga oid
12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari
19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi
14:35 / 23.08.2022
«Qarorgohimizda jodugar bor». «Liverpul» inqirozining 3 ta sababi
23:13 / 30.07.2022