Sport | 10:37 / 07.05.2017
7858
3 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» Turinda 1,5 yildan beri ilk marta ochko yo‘qotdi

«Yuventus» A Seriyaning 35-turida «Torino»ga qarshi o‘ynadi. Turindagi  Derby della Mole derbisida 1:1 hisobi qayd etildi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Adem Lyaich aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. Na 57-daqiqada Afriyey Akva to‘p uchun kurashda Mario Mandjukichning tizzasiga zarba berdi, hakam esa Akvega sariq kartochka ko‘rsatdi, bu esa uning uchun o‘yindagi ikkinchisi bo‘ldi va u maydonni tark etdi.

92-daqiqada Gonsalo Higuain 20 metr masofadan turib, Jo Hart darvozasini aniq nishonga oldi - 1:1.

Bu «Yuventus» A Seriya o‘yinlarida o‘z maydonida 2015 yilning 23 sentabridan buyon ilk marta ochko yo‘qotishi bo‘ldi, o‘shanda jamoa «Frozinone» bilan 1:1 hisobidagi durangni qayd etgandi. Shundan so‘ng turinliklar 33ta uchrashuvda mag‘lubiyat neligini bilmagan, «Yuve»ning o‘z maydonidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 36 uchrashuvdan iborat bo‘lgan.

O‘z uy uchrashuvlarida g‘alabali seriya qayd etish rekordi top-5 liga bo‘yicha «Barselona»ga tegishli. Katalonlar klubi 1958-1960 yillar davomida o‘z maydonida o‘tkazilgan ketma-ket 39 uchrashuvda g‘alaba qozongan.

«Yuventus» ayni vaqtda A Seriya turnir jadvalida 85 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda, Allegri shogirdlari «Napoli»ni 8 ochkoga ortda qoldirgan. «Torino» 50 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda.

Italiya A Seriyasi, 35-tur
Yuventus – Torino 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 52 Lyayich, 1:1 – 90 Higuain.
Yuventus – Neto, Lixtshtayner, Bonuchchi, Benatiya, Asamoa, Rinkon (Pyanich, 69), Xedira, Kuadrado, Dibala (Aleks Sandro, 80), Sturaro (Higuain, 56), Mandjukich.
Torino – Hart, Dzappakosta, Rossettini, Moretti, Molinaro, Akkua, Bazelli (Obi, 75), Yago Falke (Iturbe, 83), Lyayich, Boyye (Benassi, 63), Belotti.
Ogohlantirishlar: Moretti (13), Akkua (38), Molinaro (42), Asamoa (51), Dibala (53), Kuadrado (76).
Chetlatish: Akkua (57).

Mavzuga oid