Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Fransiya prezidenti sifatidagi ilk tashrifini qaysi davlatga amalga oshirishi aytildi
Fransiyaning yangi saylangan prezidenti Emmanuel Makron o‘zining ilk davlat tashrifini Germaniyaga amalga oshiradi. Buni “Demokratik harakat” partiyasi vakili va yevrodeputat, “Olg‘a” harakati yetakchisini qo‘llab-quvvatlovchi Silvi Gular CNews telekanali efirida tasdiqladi.
"Emmanuel Makron prezident sifatidagi ilk tashrifini Germaniyaga amalga oshiradi", - dedi Gular.
Makron saylovoldi kampaniyasi vaqtida saylovlarda g‘alaba qozonsa, o‘z tashqi siyosiy faoliyatini aynan shunday qadam bilan boshlashi haqida bir necha bora aytib o‘tgandi. Emmanuel Makron yakshanba kuni, saylov natijalari e'lon qilinganidan so‘ng Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqot qilgan. Uning harakati vakillarining ma'lum qilishicha, suhbat “juda iliq tarzda” o‘tgan.
France-Presse agentligi ma'lumotiga ko‘ra esa, Makronning Berlinga tashrifi “qisqa muddatli” bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025