Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Eron bilan chegarasida 70 kilometrli devor quradi
Turkiya Kurdiston Ishchilar partiyasi (KIP)ga qarshi kurashish maqsadida Eron bilan chegarasida devor quradigan bo‘ldi. Bu haqida mamlakat rasmiylariga asoslanib, Hürriyet Daily News gazetasi xabar berdi.
"KIP Eronning Turkiya bilan chegaradosh hududlarida ko‘plab lagerlariga ega. Bu lagerlarda 800-1000 nafar kurd jangarilari joylashgan", - deyiladi xabarda. Nashr manbasiga ko‘ra, jangarilar chegarani oshib o‘tib, Turkiya hududida turli hujumlarni amalga oshirmoqda va "ortga qaytmoqda".
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, chegaradagi devor uzunligi 70 kilometrdan iborat bo‘ladi. Chegaraning qolgan qismida qo‘riqlovchi minoralar qurish, metall to‘siqlar va projyektorlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Joriy yilning 25 aprel kuni Turkiya harbiy-havo kuchlari Suriya-Iroq chegarasidagi kurdlar pozitsiyalariga zarbalar bergan. Operatsiya davomida KIPning barcha obektlari yo‘q qilingan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an zarurat tug‘ilgan taqdirda, Iroq va Suriyadagi kurd muxolifati pozitsiyalariga yangi zarbalar berilishi mumkinligini aytgan. Bundan tashqari, Turkiya davlat rahbari G‘arb mamlakatlari, xususan AQShni kurdlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025