Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andrey Miklyayev «Lokomotiv»ning OChLdagi maqsadini oshkor qildi
9 may kuni Osiyo chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan «Al-Ahli» (Dubay) va «Lokomotiv» jamolari uchrashuvi oldidan «Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Miklyayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Ertaga ikkala jamoani ham qiziqarli va muhim bahs kutmoqda. Bu o‘yinda guruhdan chiqishimiz masalasi hal bo‘ladi. Bizni faqat g‘alaba qoniqtiradi. «Al-Ahli»ga esa durang ham yetarli. O‘ylaymanki, ertangi bellashuvda jamoamiz chiroyli o‘yin ko‘rsatgan holda g‘alaba qozonadi va guruhdan chiqadi.
Oldimizga bu yil Chempionlar ligasida qo‘yilgan vazifa — avvalo guruhdan chiqish. Biz o‘tgan yil chorak finalga qadar yetib borgandik, o‘ylaymanki, guruhdan chiq olsak, bu yil ham shu natijani takrorlay olamiz.
OChLda har bir o‘yin bosim ostida o‘tadi va ertangi uchrashuv ham bundan xoli emas. Safimizda 20 nafar yaxshi futbolchi bor va ular bir-birlarining o‘rnini to‘ldira olishadi» - deya gapirib o‘tgan Miklyayev.
Shuningdek jamoa himoyachisi Muhammad Kone ham uchrashuvga to‘xtala turib, o‘z fikrlarini aytgan.
«Faqat g‘alabani ko‘zlab harakat qilamiz. Bizga bu o‘yindagi yutuq juda zarur. Buning uchun havoning juda issiqligi ham ta'sir o‘tkazmasligi kerak. «Al-Ahli» kuchli jamoa, lekin ularni Toshkentda mag‘lub etganmiz. Ertaga ham shu natijani takrorlashga harakat qilamiz» - deya Konening so‘zlarini keltiradi «Lokomotiv» rasmiy sayti.
Mavzuga oid
20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi
16:52 / 29.10.2022
Toshkent hal qiladi: Chempionlik 21 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi?
18:04 / 20.10.2022