Sport | 09:39 / 09.05.2017
5233
1 daqiqa o‘qiladi

Paralimpiyachilar Vengriyadagi og‘ir atletika bo‘yicha bahslarda 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 4-7 may  kunlari Vengriyaning Eger shahrida paralimpiyaning og‘ir atletika sport turi bo‘yicha “Eger 2017” jahon Kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston vakillari ushbu jahon Kubogida 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar. 

Jumladan, ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda Ro‘za Qo‘ziyeva -50kg vazn toifasida qatnashib, dastlabki urinishidayoq 89 kg.ni o‘ziga bo‘ysundirib kumush medal sohibasi bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasida kechgan bahsda esa hamyurtimiz Nuriddin Davlatov 97 kg. vazn toifasida qatnashib 187kg.ni ko‘tarib bronza medal sohibi bo‘ldi.

O‘zbekiston vakillari 2017 yil sentabr oyida Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid