O‘zbekiston | 11:16 / 09.05.2017
41798
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlash kunida Toshkentdagi Xotira maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentga marosim chog‘ida vazirlar va hukumat vakillari hamrohlik qilishdi.
Davlat rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Gulchambar qo‘yish marosimidan so‘ng davlat rahbari Xotira maydoniga yo‘l oldi. Shundan so‘ng turli davlat organlari vakillari tomonidan gulchambarlar qo‘yildi.
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan Prezident ishtirokidagi asosiy tadbirlar akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI hududida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024