Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada attraksionning trosi uzilishi oqibatida 10 ga yaqin odam jarohat oldi (video)
7 may kuni Turkiyaning Konya shahridagi ko‘ngilochar bog‘lardan birida "Adrenalin minorasi" deb ataluvchi attraksionda texnik nosozlik sababli 10 ga yaqin odam turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, attraksion ishlayotganda uning trosi uzilib ketgan. Voqea vaqtida attraksion kabinasida 17 kishi bo‘lgan. Yuqoriga ko‘tarilib, keyin keskin pastga tushiriluvchi attraksion 25 metr balandlikka ko‘tarilgach, pastga tushirilayotganda asosidan 2 metr balandlikda troslari uzilib ketgan.
Buning oqibatida kabina metall platformaga keskin urilgan. Jarohat olganlar yaqin oradagi gospitalga yetkazilganlar. Shifokorlar ularning hayotlari xavf ostida emasligini ma'lum qilganlar.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025