Jahon | 22:29 / 09.05.2017
6599
2 daqiqa o‘qiladi

United Airlines yo‘lovchini Parij o‘rniga San-Frantsiskoga jo‘natib yubordi

Foto: Getty Images

Yo‘lovchi Lyusi Baxetukile AQShning United Airlines aviakompaniyasi aybi bilan noto‘g‘ri yo‘nalishda deyarli 5 ming kilometrlik masofani uchib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Shu sababli aviakompaniya undan uzr so‘radi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda

Ayol AQShning Nyuark shahridan Parijga uchishi kerak bo‘lgan, biroq parvozdan bir oz oldin samolyotga chiqish raqami o‘zgartirilgan va Lyusi San-Frantsiskoga uchuvchi samolyotga o‘tirgan.  

O‘zgarishlar ingliz tilida ma'lum qilingan. Lyusi esa ingliz tilini bilmasligi sababli bundan bexabar qolgan. E'lon esa uning ona tilisi bo‘lgan fransuz tilida yangramagan. Aviakompaniya o‘zgarish haqida pochta orqali ham hech qanday ogohlantirish yubormagan.

Lyusi samolyotga chiqqanda uning o‘rni band ekanligini ko‘rgan. U chiptani styuardessaga ko‘rsatganda, styuardessa reys haqidagi ma'lumotlarga e'tibor qaratmagan va Lyusiga boshqa o‘rindiqni egallashni taklif qilgan. 

Natijada ayol boshqa yo‘nalishda 5 ming km masofa uchib o‘tgan. Lyusi Parijga yetib olishi uchun umumiy hisobda 28 soat o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. 

Aviakompaniya ayolga Parijgacha chipta qiymatini to‘lab bergan.

United Airlines oxirgi vaqtda yo‘lovchilar bilan bog‘liq mojaroli vaziyatlarga tez-tez uchramoqda. Shunday vaziyatlardan biri aviakompaniya samolyotiga unda mavjud o‘rindiqlardan ko‘proq chipta sotilganda yuz bergan. Aviakompaniya xodimlari samolyotda ularga joy bo‘shatib berishni istamagan Devid Dao ismli yo‘lovchini zo‘ravonlik bilan samolyotdan tushirib yuborishgandi. 

Mavzuga oid