Fan-texnika | 18:14 / 10.05.2017
6980
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Hyundai Kona krossoverining ilk surati paydo bo‘ldi

Foto: Facebook/carspotting.portugal

Janubiy Koreya kompaniyasining yangi mahsuloti yaqin haftalarda namoyish etilishi, uning ommaga taqdimoti esa Frankfurtdagi avtoko‘rgazmada bo‘lib o‘tilishi mumkin.

Yangi mashina suratlari Carspotting Portugal guruhi tomonidan e'lon qilindi. Guvohlarning yozishicha, Hyundai Kona Lissabondagi suratga olish jarayonida payqalgan. Uni, taxminlarga ko‘ra, krossover reklama roligini tasvirga olish vaqtida suratga olishgan. 

Kona krossoveriga i30 motorlari gammasi o‘rnatilishi mumkin. Bu esa, unga 100, 120 va 140 ot kuchiga ega atmosferali hamda kuchaytirilgan benzinli dvigatellar, shuningdek, 95, 110 va 136 ot kuchiga ega dizel motorlar o‘rnatilishi mumkinligini anglatadi. 

Katta ehtimol bilan uning barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘lishi mumkin. Hyundai Kona Yevropa bozorida sotiladi, u Renault Captur, Peugeot 2008, Nissan Juke, yangi Opel Crossland X kabi mashinalar bilan xaridorlar uchun kurashadi. 

Mavzuga oid