Fotojamlanma: EXPO-2017 ko‘rgazmasi ochilishiga bir oy qoldi
10 iyunda Ostonada ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazma EXPO-2017 o‘z ishini boshlaydi. Ko‘rgazma majmuasining qurilishi 3 yil avval boshlangan. Tengrinews.kz nashri muxbirlari Qozog‘istonning eng katta ko‘lamli loyihasi ochilishiga bir oy qolganda u qanday ko‘rinishda ekanligini aniqlashga bel bog‘lashdi.
5 yil avval 161 ta davlat vakillarining yashirin ovoz berishi orqali Ostona 2017 yilgi ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma o‘tkaziladigan joy sifatida tanlangan. Keyinroq milliy kompaniya tomonidan ko‘rgazma majmuasi loyihasi tanlandi. Natijada majmua markazida sfera shaklidagi inshoot bo‘lgan loyiha g‘alabani qo‘lga kiritdi.
An'anaviy ravishda ko‘rgazmaning ramzi biror qurilish obekti bo‘ladi. 1889 yildagi ko‘rgazmaning ramzi Parijdagi Eyfel minorasi bo‘lgan, 2017 yilda bu ramz bosh milliy pavilon sferasi bo‘ladi.
"Bu sfera shaklidagi inshoot 80 metr diametrga, 100 metr balandlikka ega va dunyodagi bunday eng katta inshootdir. Sfera 8 qavatdan iborat. Har bir qavatda muqobil energiyaning bir turi namoyish qilinadi. Misol uchun, 1-qavat gidroenergetika, 2-qavat quyosh energiyasi, 3-qavat shamol energiyasi, 4-qavat bioenergetika, kimyo energetikasiga bag‘ishlanadi. Bularning hammasi barchaga va albatta, bizga, qozog‘istonliklarga tajribaviy namuna sifatida qoladi", deb aytgandi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.
Ko‘rgazmani tashkillashtirish va o‘tkazishga javobgar bo‘lgan "Astana EKSPO-2017" milliy kompaniyasida ma'lum qilinishicha, inshootning oynavand fasad qobig‘i konstruksiyasida fotoelektrik elementlar qo‘llanishi ko‘zda tutilgan. Bu elementlar quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Sferaning yuqori qismida ikkita shamol generatori joylashgan. Shu bilan birga bino shamol oqimlarini yo‘naltirishga imkon beruvchi "shamolni tutuvchi" shaklga ega.
Pavilonlar ichida mehmonlar ko‘rgazma yo‘nalishi uslubidagi yorqin va kelajakka xos dizayn bilan kutib olinadi.
"Bugungi kunda ko‘rgazmaning 20 ta obektidan 18 tasining qurilishi bitkazildi. Ikkita obekt – Kongress-sentr va mehmonxonada hali qurilish davom etmoqda", deb ma'lum qilgandi aprelda "Astana EKSPO-2017" boshqaruv raisi Axmetjan Yesimov.
"Astana EKSPO-2017" ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘rgazmaga 310 ming xorijlik mehmonlarning xalqaro reyslarda kelishi kutilmoqda. Ko‘rgazma boshlanishiga aviatsiya mutasaddilari qo‘shimcha aviareyslar, jumladan, Polsha, Vengriya, Finlyandiya, Xitoyning yangi aviatashuvchilarining umumiy parvozlar chastotasi haftasiga 11 ta reysdan iborat bo‘lgan 4 ta yo‘nalish bo‘yicha reyslarini yo‘lga qo‘yishga va'da berganlar.
Kech tushishi bilan markaziy sfera juda hayratlanarli ko‘rinish oladi. Tashkilotchilarning va'da berishicha, sfera sirtida yorug‘lik shousi namoyish qilinadi. Ko‘rgazma hududida pavilonlar binolaridan tashqari, kongress-xoll va ochiq osmon ostidagi amfiteatr faoliyat yuritadi.
Ko‘rgazmaga ish kunlariga to‘g‘ri keluvchi belgilangan sanada tashrif buyurish 4 ming tanga, dam olish kunlariga to‘g‘ri keluvchi belgilangan sanada kelish esa 6 ming tanga turadi. Ko‘rgazmaga istalgan kunda kelishni istovchilar esa 8 ming tanga to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
Suratlar: Turar Kazangapov ©
Mavzuga oid
16:31 / 14.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024