Fan-texnika | 18:45 / 10.05.2017
4889
2 daqiqa o‘qiladi

Google «Street View» texnologiyali 360 darajali kameralar ishlab chiqilishi haqida e'lon qildi

Skrinshot: Google Street View

Google kompaniyasi 360 darajali kameralar uchun «Street View Ready»  iste'molchi standartini ishga tushirish haqida e'lon qildi. Foydalanuvchilar maxsus ilova yordamida o‘zlarining 3D-roliklaridan Google Street View uchun panoramalar yaratishlari mumkin bo‘ladi. Google blogida shu haqida xabar berildi. 

Google'ning mahsulotlar bo‘yicha menejyeri Charlz Armstrongning ta'kidlashicha, yangi standart ham Street View ishonch dasturi bilan hamkorlik qiluvchi suratkashlar, ham oddiy foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

"Biz og‘ir ish bajargunimizga qadar siz yurish, yugurish, velosiped va hatto otda uchishingiz mumkin: videoingizdagi har bir kadrni an'anaviy interaktiv Street View'ga qo‘shamiz", - deydi Charlz Armstrong.

Kompaniyada 2017 yilda SWR'ni qo‘llovchi qurilmalarning birinchi to‘lqini doirasida 20 kamera ishlab chiqarilishi, ulardan bir qismi Tokiodagi maxsus tadbirda namoyish qilinishini ma'lum qilishdi. 

«Street View Ready» standarti to‘rt xil turga ega: «mobile ready» (to‘g‘ridan to‘g‘ri smartfondan yuklab olish), «auto ready» (avtomobil tomiga mahkamlash), «vr ready» (uch o‘lchamli s'yomka va VR-panorama yaratish) hamda «workflow ready» (kameralar bilan to‘plamda nashr qilish uchun jihozlar).

Google ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung va GoPro, shuningdek boshqa videouskunlar ishlab chiqaruvchilar dasturni amalga oshirishga kirishgan.

Mavzuga oid